» » Davlat boshqaruvi akademiyasida xususiy kompaniyalar xodimlari o‘qishi mumkin bo‘ldi

Davlat boshqaruvi akademiyasida xususiy kompaniyalar xodimlari o‘qishi mumkin bo‘ldi


Prezidentning 21.05.2018-yildagi PQ-3731-son qarori bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabulning yangi tartibi va kvotalar tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Ma’lumot uchun: Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (bundan keyin – Akademiya) – boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek davlat va jamoatchilik boshqaruvi sohasida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha oliy davlat ta’lim muassasasi.

Qabulning yangi tartibi ilgari amal qilganidan (o‘z kuchini yo‘qotgan) ancha farq qiladi. Kiritilayotgan asosiy yangiliklar quyidagicha:

Kim grant bo‘yicha o‘qishi mumkin, kim Akademiyada o‘qishga tavsiya etadi?

Akademiya magistraturasida grant asosida o‘qishga talabgorlar orasidan xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari chiqarib tashlandi. Shu tariqa, endi Akademiyaga faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek davlat muassasalari va davlat tashkilotlari xodimlari grant asosida qabul qilinadi.

Endi boshqalar qatori, tadbirkorlik subyektlari ham magistraturaga, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish uchun shaxslarni tavsiya eta oladi. Shuningdek ushbu huquqqa, eslatib o‘tamiz, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari va NNT egadir. Bundan tashqari, tadbirkorlar malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish uchun ariza berishi mumkin.

Qabul va tanlov asosida saralab olish tartibi – magistratura va kadrlarni qayta tayyorlash uchun yagona

Shu yildan boshlab magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul uchun hujjatlarni qabul qilish va tanlov o‘tkazishning yagona tartib-taomili belgilanmoqda.

Joylarda boshlang‘ich saralovda qatnashish uchun idoraviy komissiyaga umumiy paketda endilikda quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:

Tadbirkorlik subyektlari hujjatlarni viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi yoki Savdo-sanoat palatasiga taqdim etadi. Keyinchalik Akademiya qabul komissiyasiga hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish nomzodning o‘ziga emas, balki idoraviy komissiya zimmasiga yuklatiladi.

Akademiyaga qabul qilish uchun hujjatlarni taqdim etish muddatlari o‘zgardi. Ilgari ular 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinar edi, bu yil esa – 1-iyundan 20-iyungacha.

Tanlov asosida saralov o‘tkazishda testlar hamda vaziyatga doir vazifalarni yechish tarzida nomzodga psixologik tashxis qo‘yish bosqichi chiqarib tashlandi. Shu tariqa, endi magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul 3 bosqichdan (ilgari – 4 ta edi) tashkil topadi.

Birinchi bosqich – joylarda nomzodlarni boshlang‘ich saralab olish, ikkinchi – O‘zbekiston tarixi bo‘yicha va mantiqiy fikrlash darajasini aniqlash uchun test sinovlari, uchinchi – boshqaruv ko‘nikmalariga egaligini baholash uchun suhbatdan o‘tkazish.

Test sinovlari yakunlariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 35 foizini to‘plagan nomzodlar suhbatdan o‘tkaziladi.

Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish davriyligi aniqlashtirildi – 3 yilda 1 marta. Kurs davomiyligi – 1 oydan ortiq emas.

2018/2019-o‘quv yiliga qabul kvotalari

Endi qabul kvotalarini Akademiyaning o‘zi, ilgari ushbu masalani hal qilgan Prezident Devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan holda shakllantiradi.

Bo‘lajak o‘quv yilida quyidagi yo‘nalishlarning har biriga jami 60 kishidan (24 nafari – grant, 36 nafari – kontrakt asosida) qabul qilinadi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют