» » Uy sharoitida tirnoqlarni o‘stiramiz

Uy sharoitida tirnoqlarni o‘stiramiz


Agar tirnoqlaringiz mustahkam bo‘lmasa, xafa bo‘lib o‘tirmang, uy sharoitida tirnoq o‘stirishning ko‘p usullari bor.

Tirnoqlarni asrash

Uyni tozalash paytida albatta rezina qo‘lqop kiying. Ular qo‘lingiz terisini va tirnoqlaringizni kimyoviy tozalovchi vositalarning zararli ta’siridan, namlikdan himoya qiladi.

Tirnoqni o‘stiruvchi vitaminlar

Tirnoqlaringizda oq dog‘larning paydo bo‘lishi – A vitamini yetishmasligining belgisi. Bu vitaminni sabzi, baliq, jigar va tuxum sarig‘idan olish mumkin. Tirnoqlarning mo‘rtligi va qatlamlanishi – B, D, E va C vitaminlari yetishmovchiligining belgisi hisoblanadi. Bu vitaminlar baliq, sut mahsulotlari, yong‘oq, o‘simlik yog‘i va do‘kkakli o‘simliklar tarkibida mavjud.

Tirnoqlar uchun vannalar ularning tez va mustahkam o‘sishini ta’minlaydi.

Sovunli vanna

Idishdagi iliq suvga biroz suyuq sovun va 1 osh qoshiq tuz solib aralashtiring. Qo‘lingizni idishdagi suv soviguncha solib o‘tiring.

Limonli vanna

Idishga o‘simlik yog‘ini quying va uy haroratidan biroz yuqori darajada isiting. 1 dona limon sharbatini olib yog‘ bilan aralashtiring. 20 daqiqa davomida qo‘lingizni aralashma ichida tutib turing.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 17:14)
+14 (голосов: 16)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют