» » 2017-yilda MDH bojxona xizmatlari noqonuniy aylanishdagi 8 tonna narkotik va psixotrop moddalarni musodara qildi

2017-yilda MDH bojxona xizmatlari noqonuniy aylanishdagi 8 tonna narkotik va psixotrop moddalarni musodara qildi


2017-yilda MDH bojxona xizmatlarining huquqni himoya qilish bo‘linmalari tomonidan noqonuniy aylanishdagi qariyb 8 tonna narkotik, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari musodara qilingan. Bu haqda 23-may kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining Huquqni himoya qilish bo‘linmalari rahbarlari qo‘mitasining 17-yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb yozadi Kazakhstan Today.

Yig‘ilishda MDH mamlakatlari bojxona xizmatlarining narkotiklarga qarshi kurash sohasidagi qo‘shma faoliyati masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar va bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Qo‘mitaning MDH Aksilterrorchilik markazi bilan hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qo‘mitaning navbatdagi majlisi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют