» » Britaniyaliklar uchun ishlab chiqariladigan Mars, Nestle, Cadbury shokoladlari 20 foizga kichraytiriladi

Britaniyaliklar uchun ishlab chiqariladigan Mars, Nestle, Cadbury shokoladlari 20 foizga kichraytiriladi


Mars, Nestle va Cadbury kompaniyalari shokoladlarning hajmini 20 foizga qisqartirishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu qisqartirish Mars, KitKat va Dairy Milk kabi shokolad mahsulotlariga taalluqli. Bu haqda The Sunday Times nashriga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.

Avvalroq mamlakat sog‘liqni saqlash departamenti shokolad mahsulotlari tarkibidagi shakar miqdorini kamaytirilishi haqida xabar bergan edi, chunki juda shirin mahsulotlar bolalarda ortiqcha vaznning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Konditerlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining bir qismi mahsulot tarkibidagi shakar miqdorini kamaytirishga yoki uni tabiiy qo‘shilmalar bilan almashtirishga qaror qildi. Biroq yirik kompaniyalar o‘z retseplarini o‘zgartirishni xohlamayapti, chunki bu mahsulotning ta’m sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mars, Nestle va Cadbury shokoladlar o‘lchamini 20 foizga o‘zgartirishga qaror qildi. Shu tariqa mahsulot asl ta’mi saqlab qolinadi, kompaniyalar esa shokoladlar bolalarda semizlikni yuzaga keltirishi haqidagi ayblovdan himoylangan bo‘ladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют