» » Prokuror prezident Trampning kuyovini 7 soat so‘roq qilgani ma’lum bo‘ldi

Prokuror prezident Trampning kuyovini 7 soat so‘roq qilgani ma’lum bo‘ldi


2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha surishtiruv ishi o‘tkazayotgan maxsus prokuror Robert Myuller 2018-yilning aprel oyida prezident Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerni yetti soat davomida so‘roq qilgan. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Bir yil muqaddam Jared 2016-yilgi saylovlarga aralashuv bo‘yicha har qanday surishtiruv ishiga eng birinchilardan bo‘lib yordam berishga rozi ekanini aytgan. Shundan beri u surishtiruvga imkon qadar yordam berib keldi hamda kongress vakillari bilan soatlab davom etgan so‘roqlarda ishtirok etdi, shuningdek, u maxsus prokuror Myullerning jamoasi bilan ikki marotaba suhbatlashdi”, — dedi Kushnerning advokati Abba Louell.

Advokatning ta’kidlashicha, uning mijozi barcha savollarga batafsil javob bergan. U Myuller qachon suhbat o‘tkazgani hamda so‘roq nima haqida bo‘lganiga oydinlik kiritmadi.

Shuningdek, Kushnerga maxfiy hujjatlardan foydalanish huquqi qaytarilgani ma’lum qilingan. Avvalroq, Oq uy apparati rahbari Jon Kelli rasmiy shaxslarning davlat maxfiy ma’lumotlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘yganida ayblangan, natijada  Kushnerning vakolatlari cheklangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют