» » Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) suygan faqirlik

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) suygan faqirlik


“Islom.uz” Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning kamtarona hayot kechirishni Afzal ko‘rgani haqidagi rivoyatni chop etdi.

Imom Buxoriy va Imom Muslimlar “Sahih”larida keltirgan rivoyatda Oisha roziyallohu anho: “U zotning uxlaydigan to‘shaklari ichiga xurmo bargi solinib, oshlangan teridan bo‘lgan”,— deb uy jihozlarini ta’riflaydi. Imom Termiziy Hafsa roziyallohu anhodan rivoyat qiladi: “Rasulullohning uylaridagi to‘shaklari dag‘al mato (kigizga o‘xshagan to‘shanchi) edi. Biz uni buklab, ikki qavat qilar edik. O‘shanda uxlar edilar. Bir kecha buklab, to‘rt qavat qildik. Tong otgach: “Bu kecha menga nimani to‘shadingiz?”—dedilar. Biz qilgan ishimizni aytdik. U zot: “O‘z holiga qaytaringlar. Uning yumshoqligi shu kecha meni namozimga xalaqit berdi, – dedilar”.

Ikki shayx, Termiziy va Ibn Moja keltirgan rivoyatda: “U zot ba’zan ipdan to‘qib yasalgan sarir (Xurmoning uzun barglarini eshib, tayyorlangan ipni to‘rsimon shaklda to‘qib ishlangan karavotga o‘xshash narsa. Odatda uning ustiga to‘shak solib yotilgan) ustida uxlar, (botib ketganidan) yonboshlarida uning izi qolar edi”, deyilgan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy solallohu alayhi vasallamning qorinlari hech qachon to‘q bo‘lmagan. Biror kishiga shikoyat ham qilmaganlar. U zot faqirlikni boylikdan afzal ko‘rganlar. Och-nahor yurib, tuni bilan ochlikdan qiynalsalar ham, ammo bu kunduzi tutadigan ro‘zalariga xalaqit qilmasdi. Agar u zot Robbidan yerning jamiki konlari, mevalari va to‘kin hayotini so‘rasalar, albatta berardi. U kishidagi bu holatni ko‘rib, rahmim kelganidan yig‘lar edim. Ochlik (og‘rig‘i)dan qo‘lim bilan qorinlarini silab: “Jonim sizga fido bo‘lsin! Dunyodan o‘zingiz uchun hech bo‘lmasa yetarli yegulik olsangiz-chi?” desam, u zot: “Ey Oisha, dunyoga yuzlanishning menga nima keragi bor. Azmu qaror, matonat egasi bo‘lgan payg‘ambar birodarlarim bundan ham og‘irrog‘iga sabr qilib, yashab o‘tishdi. Robbilari huzuriga borishganda ularni ikrom qilib, savoblarini ko‘paytirib beradi. Agar huzur-halovatda yashashni tanlasam, ertaga ularning martabasidan martabam pastroqda bo‘lishidan uyalaman. Menga birodarlarim va qadrdon do‘stlarimga yetishishdan ham ko‘ra yaxshiroq narsa yo‘q”,— dedilar. Oisha onamiz aytadi: “Shu so‘zni aytganlaridan keyin bir oy o‘tib vafot etdilar”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют