» » Rio—2016 ga bitta ham litsenziya ololmagan velosiped federatsiyasiga Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva rahbar bo‘ldi

Rio—2016 ga bitta ham litsenziya ololmagan velosiped federatsiyasiga Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva rahbar bo‘ldi


O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva mamlakat velosiped sporti federatsiyasiga ham rahbarlik qiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Federatsiyaning hisobot-saylov konferensiyasida 2013—2016-yilgi faoliyat tahlil qilib chiqildi va u tanqidiy ruhda olib borildi, deb yozilgan xabarda. Boisi o‘zbekistonlik velosportchilar Rio—2016 Olimpiadasiga bitta ham litsenziyani qo‘lga kirita olmagan.

Konferensiya davomida tashkilotga yangi rahbarni saylash marosimi ham o‘tib, unga ko‘ra Tanzila Norboyeva Tokio—2020 sikli yakuniga qadar rais sifatida tasdiqlandi. Bosh vazir o‘rinbosari sifatida mamlakat Xotin-qizlar qo‘mitasiga ham javob beruvchi Tanzila Kamolovnaga velosiped federatsiyasida Kozim O‘rinboyxo‘jayev yordam beradi.

Tashkilot rahbarligini qabul qilib olganidan so‘ng Tanzila Norboyeva so‘zga chiqib, 2013—2016-yillar davomida federatsiya ijrochilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish borasida nutq so‘zlagan.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют