» » TATU yangi o‘quv yilidan ta’limning kredit tizimiga o‘tadi

TATU yangi o‘quv yilidan ta’limning kredit tizimiga o‘tadi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) 2018–2019-o‘quv yilidan ta’limning kredit tizimiga o‘tadi. Bu haqda 22-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev #MITCROADMAP2018 konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Kredit — talabaga qo‘yiladigan o‘quv yuki hajmini aniqlashning shartli birligi. U talaba tomonidan o‘quv ishlarining bajarilishiga ajratilgan soatlardan iborat. Ta’limning bunday tizimi Toshkent davlat yuridik universitetida joriy etilgan.

Bunda talabalar ayrim fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, 18 haftalik yarim yillikdan 15-haftaligiga o‘tish rejalashtirilmoqda.

Tizimning joriy etilishi TATUga chet el oliygohlari bilan talaba, o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashish imkonini beradi.

Talabalar o‘quv jadvalini mustaqil shakllantirish imkoniga ega bo‘ladi, bilimlarni baholash tizimining shaffofligi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют