» » Shahzoda Muhamedova “Asal oyi”da Azamat Ahrorov bilan birga suratga tushadi

Shahzoda Muhamedova “Asal oyi”da Azamat Ahrorov bilan birga suratga tushadi


Azamat Ahrorov hamda Shahzoda Muhamedovaning muhabbat mojarolari hali yakun topmagan bir vaqtda kinoijodkorlar ularni yana sevishganlar roliga taklif qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Rejissor Jahongir Ahmedov uzoq tanaffusdan so‘ng yangi romantik kinokomediya ustida ish boshladi.

“Asal oyi” deb nomlangan yangi filmda bosh rollarni aktyor va rejissor Azamat Ahrorov hamda aktrisa va dizayner Shahzoda Muhamedova ijro etadi.

Filmning asosiy voqealari asosan chet elda suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, moddiy xarajatlarni uchta katta prodyuser o‘z bo‘yniga olgan.

Shahzoda Muhamedova filmdagi bosh qahramon qiz uchun 22 xil libosdan kolleksiyani tayyorlash bilan bandligi haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirgan.

Filmda, Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhamedovadan tashqari, Matyoqub Matchonov, Ra’no Yarasheva, Muhammadiso Abdulxayirov, Dilshod Mirzamurotov singari san’atkorlar ham suratga tushadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 19:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют