» » Andijonning Baliqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Uning otasi ham Baliqchiga hokim bo‘lgan

Andijonning Baliqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Uning otasi ham Baliqchiga hokim bo‘lgan


Jasur Abduraimov Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Abduraimov bungacha (2017-yildan beri) viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Tumanning avvalgi hokimi O‘tkirbek Bektemirov sog‘lig‘i tufayli tuman hokimi lavozimidan bo‘shash haqida ariza yozgan. Uning arizasi xalq deputatlari Baliqchi tumani kengashi tomonidan qanoatlantirilgan.

Xabar berishlaricha, Jasur Abduraimov 1979-yili Baliqchi tumanida tug‘ilgan, 2000-yili Andijon qishloq xo‘jaligi institutini agronom mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2001-yildan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida ishlab keladi.

Qayd etishlaricha, Jasurbek Abduraimovning otasi Odiljon Abduraimov ham o‘z vaqtida Andijon viloyatining Baliqchi tumaniga hokimlik qilgan, bundan tashqari, Andijon viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют