» » “Rossiya uchun yolg‘on gapirishni to‘xtatadigan vaqt keldi”. AQSh MH17 reysi halokati bo‘yicha tekshiruv xulosalarini qo‘llab-quvvatladi

“Rossiya uchun yolg‘on gapirishni to‘xtatadigan vaqt keldi”. AQSh MH17 reysi halokati bo‘yicha tekshiruv xulosalarini qo‘llab-quvvatladi


AQSh hukumati Rossiya harbiylarining 2014-yilda Donetsk yaqinidagi Malayziya “Boing”i halokatiga aloqadorligi haqida e’lon qilgan xalqaro tekshiruv guruhi tadqiqoti xulosalariga to‘liq qo‘shiladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Noyyert ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Amerika diplomatik idorasi BMT Xavfsizlik kengashining MH17 reysi halokatining aybdorini topishda barcha mamlakatlarning hamkorlik qilishini ko‘zda tutuvchi talabi haqida eslatdi va Rossiyadan o‘zining hodisadagi roli haqida hisob berishni talab qildi.

“Rossiyaning aldashni to‘xtatib, o‘zining MH17 halokatidagi rolini tushuntirib berish vaqti keldi”, — deyiladi bayonotda.

Birlashgan tekshiruv guruhi 24-mayda e’lon qilgan yangi hisobotda layner Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaasining 53-zenit raketa brigadasiga tegishli “Buk” tomonidan urib tushirilgani aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют