» » TAPOiChda yangi chorraha qurilishi munosabati bilan uylar buziladi

TAPOiChda yangi chorraha qurilishi munosabati bilan uylar buziladi


“Toshkent mexanika zavodi” AJ (sobiq TAPOiCh) yaqinida O‘zbekistondagi ilk uch qavatli chorraha barpo etilayotgani munosabati bilan hududdagi ayrim uylar buzilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Sputnik.

“Chorraha qurilishi loyihasida Toshkent xalqa yo‘lini Temur Malik ko‘chasidan Mahtumquli ko‘chasi tomon yo‘nalishi bo‘ylab tekislash ko‘zda tutilgan.

Tekislash yo‘l chetidagi uylarni buzish evaziga amalga oshiriladi. Buziladigan uylarning aksariyati, xususan 21 ta hovli bizning tumanimiz hududida joylashgan”, — deydi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buzilayotgan uylar egalariga ikkilamchi bozordan yoki qurilayotgan uylar taklif etilgan.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bu uylar chorraha qurilguniga qadar ham buziladigan uylar ro‘yxatida turgan, shuning uchun bu xabar aholi uchun yangilik bo‘lmagan.

“Biz allaqachon yangi chorrahani qurishni boshlab yubordik. Hozirda vaqtinchalik yo‘lni quryapmiz. Keyinroq tunnel qura boshlaymiz.

Ish samaradorligini oshirish uchun har yakshanba kuni bu yerda shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda yuzaga kelayotgan barcha masalalar muhokama qilinadi.

Ma’lumot uchun, chorraha 2019-yilda foydalanishga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют