» » Sirdaryoda Spark’ning shartnomasi uchun “shapka” so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi

Sirdaryoda Spark’ning shartnomasi uchun “shapka” so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari “shapka” evaziga Spark sotib olish uchun shartnoma olib berishni va’da qilgan “Sirdaryoavtotexxizmat” mutaxassisini qo‘lga oldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

“Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ mutaxassisi va boshqalar firibgarlik yo‘li bilan fuqaro Sh.ga Toshkent shahri avtosalonlaridagi tanishlari orqali Spark rusumli avtomashina sotib olish uchun shartnoma olib berish evaziga 500 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ mutaxassisi va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют