» » Fransiyalik to‘rt nafar razvedkachi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda

Fransiyalik to‘rt nafar razvedkachi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda


Fransiya Mudofaa vazirligi Tashqi xavfsizlik bosh boshqarmasining to‘rt nafar xodimi josuslikda ayblanmoqda. Bu haqda Le Monde nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tashqi xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Xitoy hukumatining manfaatlari uchun xizmat qilgan. Ayblovchi tomonning ta’kidlashicha, ular Tashqi razvedka xizmatining ishlariga oid ma’lumotlarni Pekinga taqdim etib turgan.

Ayblanuvchilar o‘tgan yilning dekabrida o‘tkazilgan tergov vaqtida qo‘lga olingan. 22-dekabr kuni ikki nafar josusga, shuningdek, ulardan birining rafiqasiga ayblov e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют