» » “Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish”. O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari “hayratlanarli ish” haqida gapirdi

“Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish”. O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari “hayratlanarli ish” haqida gapirdi


O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov sayyor sudlardan biri vaqtida 18 yoshli bir ota mushtumzo‘r xotinidan shikoyat qilgani haqida gapirdi. Yodgorovning so‘zlari “Jamiyat” gazetasining 2018-yil 18-may sonida e’lon qilingan.

Sayyor sudlar vaqtida yana bir hayratlanarli ishga duch keldik. Oila qurganiga bir yilgina bo‘lgan, bir nafar farzandi bor juftlik ajrashmoqchi. Ular endigina 18 ga kirgan. Hamma narsasi yetarli, alohida uy-joy, mashina, emin-erkin yashaydi. Faqat kuyov ajrashmoqchi.

Buning sababini bilish uchun yigitning o‘zi bilan yolg‘iz suhbatlashdik. Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish. Juda ajablanarli holat, lekin bor gap shu. Agar kelinning aytganini qilmasa, kunini ko‘rsatarmish.

Bularning o‘zi hali bola-ku, shu ahvolda qanday qilib farzand tarbiyalaydi?

Xolmo‘min Yodgorov, O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari

Mavzuga doir: Qashqadaryoda 18 yoshli kelinchak 8-mart kuni erini bo‘g‘ib o‘ldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют