» » Niderlandiya va Avstraliya MH17 reysining halokatida Rossiyani aybladi

Niderlandiya va Avstraliya MH17 reysining halokatida Rossiyani aybladi


Niderlandiya va Avstraliya hukumati 2014-yil Donetskda qulagan Boeing samolyotning halokatida rasman Rossiyani aybladi. Bu haqda Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asoslanib, Meduza xabar berdi.

“Birlashgan tekshiruv guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosalarga ko‘ra, Niderlandiya va Avstraliya MH17 samolyotining urib tushirilishiga sabab bo‘lgan ‘Buk’ zenit qurilmalariga shubhasiz, Rossiya javobgar deb hisoblaydi”, — deydi Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Stef Blok.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning 17-iyulida Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilgan Malayziyaga qarashli samolyot Ukraina sharqida halokatga uchragandi. Havo kemasi bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi vafot etgan. Yo‘lovchilarning aksariyati niderlandiyalik bo‘lgan.

Birlashgan tekshiruv guruhi 24-mayda e’lon qilgan yangi hisobotda layner Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaasining 53-zenit raketa brigadasiga tegishli “Buk” tomonidan urib tushirilgani aytilgan.

Mavzuga doir: “Rossiya uchun yolg‘on gapirishni to‘xtatadigan vaqt keldi”. AQSh MH17 reysi halokati bo‘yicha tekshiruv xulosalarini qo‘llab-quvvatladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют