» » Bellingcat: Donbassda Malayziya samolyotini urib tushirgan “Buk”ni Ukrainaga olib o‘tishda Rossiya razvedkasi ofitseri Oleg Ivannikov qatnashgan

Bellingcat: Donbassda Malayziya samolyotini urib tushirgan “Buk”ni Ukrainaga olib o‘tishda Rossiya razvedkasi ofitseri Oleg Ivannikov qatnashgan


Malayziyaning Ukrainada urib tushirilgan MH17 reysi bilan bog‘liq xalqaro tergov materiallarida Andrey Ivanovich nomi bilan qayd etilgan, jangovar taxallusi “Orion” bo‘lgan shaxs — Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) ofitseri, 1967-yilda tug‘ilgan Oleg Vladimirovich Ivannikovdir. Bellingcat tadqiqot guruhi a’zolari The Insider bilan hamkorlikda olib borgan qo‘shma surishtiruvi yakunlariga ko‘ra shunday xulosaga keldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Bellingcat tadqiqotchilarining aniqlashicha, Ivannikov 2006—2008-yillarda Janubiy Osetiya mudofaa vaziri bo‘lgan. 2014-yili Ukrainadagi qurolli nizo hududiga yo‘l olgan: u hududda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi harakatlarini muvofiqlashtirib turgan va “Lugansk xalq respublikasi” ma’muriyati bilan munosabatlar uchun mas’ul hisoblangan.

Bellingcat vakillarining qayd etishicha, Ivannikovning shaxsini aniqlagach, uning ovozi haqiqatan ham jangovar taxallusi “Orion” bo‘lgan shaxsniki bilan mos tushishiga ishonch hosil qilish uchun unga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilgan.

Bellingcat vakili matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berarkan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy texnikalar u rahbarlik qilayotgan mamlakat chegarasidan o‘tkazilganini bilmay qolishi mumkin bo‘lgan vaziyatni tasavvur qila olmasligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH17 “Amsterdam—Kuala-Lumpur” reysi bo‘ylab parvoz qilayotgan “Boing” samolyoti 2014-yil iyulida Donbassda urib tushirilgan edi. Samolyot bortida bo‘lgan 298 kishining bari halok bo‘lgan.

Xalqaro tergov guruhi 24-may kuni MH17 halokati bilan bog‘liq yangi hisobotni e’lon qildi. Unda, jumladan, layner Rossiyaning Kursk viloyatidagi havo hujumidan mudofaa kuchlari 53-son zenit-raketa brigadasiga tegishli “Buk” majmuasi tomonidan urib tushirilgani ta’kidlanadi.

25-may kuni Niderlandiya va Avstraliya hukumatlari layner halokati uchun javobgarlikni rasman Rossiya zimmasiga yukladi. Har ikki mamlakat rasmiy Moskvani muzokaralarga chorladi, xalqaro sudga murojaat qilishlari mumkinligidan ogohlantirdi.

Rossiya MH17 aviahalokatiga o‘zining aloqadorligini rad etishda davom etmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi xalqaro komissiya tomonidan ko‘rsatilgan raketa Rossiya armiyasi qurollari orasida yo‘qligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют