» » Surxondaryo, Buxoro va Samarqandda quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi

Surxondaryo, Buxoro va Samarqandda quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi


O‘zbekistonda 2017 — 2021-yillarda 42 ta yangi gidroelektr stansiya qurish va ishlab turgan 32 ta shunday stansiyani modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Buning hisobiga 2025-yilga qadar O‘zbekistonga ekologik toza energiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobar oshirish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bo‘lim boshlig‘i Akmal Abbosovning aytishicha, joriy yilda Kanadaning Sky Power kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1000 megavattga teng bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarni qurish, shuningdek, Germaniyaning Siemens kompaniyasi bilan birgalikda quvvati 100 megavattni tashkil etadigan shamol elektr stansiyasini ishga tushiriladi.

Shuningdek, Turkiyaning Iltekno kompaniyasi ham muqobil energiya vositalarining innovatsion uskunalari bilan O‘zbekistonga kirib kelishini reja qilgan. Kompaniya elektr energiyasini 40-50 foizgacha tejaydigan maxsus uskunalarni taklif qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют