» » Toshkentda 16 yil farzand kutgan bir oila birvarakayiga uch o‘g‘illik bo‘ldi

Toshkentda 16 yil farzand kutgan bir oila birvarakayiga uch o‘g‘illik bo‘ldi


Toshkentdagi “Xo‘ja Ahror Valiy” jome masjidida 25-may kuni juma namozidan so‘ng imom-xatib jamoatdan bir oila haqida alohida duo qilishni so‘radi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, 16 yil farzand kutgan bu oila kuni kecha birdaniga uch o‘g‘il farzandlik bo‘lgan. Imom-xatibning ma’lum qilishicha, chaqaloqlarga Muhammada’lo, Muhammadali va Muhammadamin deb ism berilgan. Aytishlaricha, egizaklarning kenjasi biroz nimjonroq tug‘ilgan.

Kuni kecha bo‘lgan voqeani eshitib, Yaratganning marhamati kengligiga yana bir karra iymon keltiramiz. Bir yurtdoshimiz oilasi bilan 16 yil farzand kutibdi. Shuncha yillik iltijolar ijobati bilan ahli ayoli birdaniga uch o‘g‘ilni dunyoga keltiribdi. Ularga Muhammada’lo, Muhammadali, Muhammadamin deb ism qo‘yibdi.

Bizning oldimizga kelganiga sabab — mana shu farzandlarining haqiga duo qilib qo‘yishimizni so‘radi. Farzandlarning kichkinasi — Muhammadamin nimjonroq tug‘ilgani bois alohida davolanish kursini o‘tayotgan ekan. Ota-onaga har bir farzand jondan aziz-da!

Shu kichkina Muhammadamin uchun jamoatimizdan alohida duo so‘radi. Duo qilamiz, shu uchala o‘g‘il bir-birlarini yetaklab ulg‘ayishsin va eliga, yurtiga, diniga xizmat qiladigan azamat yigitlar bo‘lib voyaga yetishsin.

Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” masjidi imom-xatibining jamoatga murojaatidan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют