» » GM Uzbekistan atrofida sodir bo‘layotgan “noxush vaziyatlar” muhokama qilindi

GM Uzbekistan atrofida sodir bo‘layotgan “noxush vaziyatlar” muhokama qilindi


Joriy yilning 25-may kuni Asaka avtomobil zavodida “O‘zavtosanoat” AJ rahbariyati va kompaniya bosh direktori boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish so‘nggi vaqtlarda yuzaga kelayotgan noxush vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlandi. Bu haqda “Daryo”ga GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati ma’lum qildi.

Bunday “noxush holatlar” ostida nima nazarda tutilayotgani xabarda aniqlashtirilmadi.

Yig‘ilishni o‘tkazishdan asosiy maqsad sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodimga mamlakatda qonun ustuvor ekani va har bir jinoyatga jazo muqarrarligini yana bir bor yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda “O‘zavtosanoat” AJ, Davlat xavfsizligi xizmati, prokuratura, IIBning huquqni muhofaza qilish organlari, GM Uzbekistan AJ hamda Andijon viloyatidagi “O‘zavtosanoat” tarkibiga kiruvchi barcha qo‘shma korxonalar va dilerlik tashkilotlari rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish yakunida so‘nggi vaqtlarda tarqalayotgan holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют