» » Shovotda Damas uchun shartnoma olib berishni va’da qilib, 1200 dollar va 51,5 million so‘m olgan firibgar qo‘lga olindi

Shovotda Damas uchun shartnoma olib berishni va’da qilib, 1200 dollar va 51,5 million so‘m olgan firibgar qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari “shapka” evaziga Damas sotib olish uchun shartnoma olib berishni va’da qilgan firibgarni qo‘lga oldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shovot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda X. ismli fuqarodan GM Uzbekistan avtosalonlarida ishlovchi tanishlari orqali Damas rusumli avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berishni hamda avtomashinani olish navbatini tezlashtirish evaziga 1200 dollar, shuningdek 51,5 million so‘m pulni olgan firibgar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют