» » Davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi

Davlat veterinariya xizmatlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi


“2019–2022-yillarda davlat veterinariya xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Qaror bilan 2019–2022-yillarda davlat veterinariya xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda:

- hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish;

- hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;

- veterinariya mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq tadbirlar nazarda tutilgan.

Dasturda belgilab berilgan tadbirlarni moliyalashtirish veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют