» » Urganch shahri markazida “Jasorat bog‘i” ochildi

Urganch shahri markazida “Jasorat bog‘i” ochildi


Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Urganch shahridagi Amir Temur istirohat bog‘i hududida “Jasorat bog‘i” ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Jasorat bog‘i”dan BRDM va BMP-2 (desantchilar va piyodalar jangovar mashinasi), BTR-70 (zirhli transportyor) hamda turli kalibrdagi artilleriya qurilmalari o‘rin olgan.

“Kelgusida ushbu bog‘ hududida mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan qahramonlarga yodgorlik o‘rnatishni rejalashtiryapmiz. Milliy qahramonlarimizning Vatan tinchligi va yurt kelajagi uchun ko‘rsatgan jasoratini o‘sib kelayotgan yosh avlodga ibrat, namuna sifatida ko‘rsatish uchun mazkur joy ‘Jasorat bog‘i’ deb nomlandi. Kelgusida bu yerda harbiy jang san’atiga oid eksponatlar ko‘rgazmasini tashkil etish, Xorazm viloyati harbiy-ma’muriy sektori bilan hamkorlikda o‘zbek xalqining milliy qahramoni Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatilishini maqsad qilganmiz. ‘Jasorat bog‘i’ga tashrif buyurgan yosh avlod milliy armiyamizning qudratini, ulug‘ ajdodlardan meros bo‘lgan matonat va jasoratni qalban his etib, tarix ko‘z o‘ngida gavdalanishini niyat qilyapmiz”, — deydi harbiy okrug mas’uli podpolkovnik Alisher Shirinov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют