» » O‘zbekistonda 2016-yilda nomusga tegish va yo‘lto‘sarlik uchun sudlanish holatlari kamaydi

O‘zbekistonda 2016-yilda nomusga tegish va yo‘lto‘sarlik uchun sudlanish holatlari kamaydi


O‘zbekistonning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2016-yilda 278 mingdan ziyod ish ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning so‘zlariga ko‘ra, sudlar chiqargan qarorlar miqdori 87,9 foizni tashkil etdi. Chiqarilgan qarorlar bo‘yicha 87,8 foiz talablar qondirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 84 mingdan ziyod kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan qariyb 62 ming jinoiy ish ko‘rib chiqilgan.

Aziz Obidovning ta’kidlashicha, 2016-yilda ba’zi jinoyat turlari bo‘yicha sudlanganlik holatining 2015-yilga nisbatan kamayishi kuzatilgan.

Xususan, giyohvand vositalar va psixotrop moddalar noqonuniy savdosi, nomusga tegish, yo‘lto‘sarlik, bosqinchilik, o‘g‘irlik, harakat xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish hamda bezorilik bo‘yicha sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaygan.

Shuningdek, jinoiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 433 mingdan ziyod shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

2016-yilda yarashtirish institutining qo‘llanilishi natijasida 14 mingdan ziyod shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

350 milliard so‘mdan ziyod yetkazilgan moddiy zararni qoplagan 6 270 kishiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют