» » Toshkentda Moliya vazirligi tomonidan “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi” mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi

Toshkentda Moliya vazirligi tomonidan “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi” mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi


Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi” mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan moliya va g‘aznachilik sohasi hamda budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlari, xususan, yosh kadrlar ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 4-yanvaridan kuchga kirgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Videokonferensiyada mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya holatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют