» » Markaziy harbiy klinik gospitalning travmatologiya va ortopediya bo‘limi foydalanishga topshirildi

Markaziy harbiy klinik gospitalning travmatologiya va ortopediya bo‘limi foydalanishga topshirildi


Mudofaa vazirligi markaziy harbiy klinik gospitalida 3 qavatdan iborat travmatologiya va ortopediya bo‘limi kapital ta’mirdan chiqib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bo‘limning ochilish marosimida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, harbiy shifokorlar hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar bugungi kunda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan salmoqli ishlar, harbiy tibbiyot sohasidagi erishilgan yutuqlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur bo‘lim bemorlarga sun’iy bo‘g‘imlar qo‘yish, pay tikish hamda sovuq urgan va kuyganlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Umurtqa, bo‘g‘im, pay kasalliklari bilan og‘rigan va tan jarohati olgan 37 ta bemorga mo‘ljallangan xona va ularning yotib davolanishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Bo‘limni kapital ta’mirlash ishlariga 4 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Yaqin kunlar ichida bo‘limga artroskopiya (operatsiya jarayonini ekranda kuzatish asbobi), operatsiya anjomlari hamda ko‘chma rentgen apparatini olib kelish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют