» » Kuvayt bosh vaziri O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Kuvayt bosh vaziri O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi


Rasmiy tashrif bilan Kuvaytga yetib kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 8-fevral kuni Kuvayt bosh vaziri shayx Jobir al-Muborak al-Hamad as-Saboh qabulida bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

TIV rahbari Kuvayt rahbariyatiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan salom va samimiy tilaklarni yetkazdi.

TIV matbuot xizmatida qayd etilganidek, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsion sohalardagi aloqalarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa ikki tomonlama va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston—Kuvayt biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют