» » Iroqda IShID hujumi qaytarilishi natijasida 11 nafar terrorchi yo‘q qilindi

Iroqda IShID hujumi qaytarilishi natijasida 11 nafar terrorchi yo‘q qilindi


IShID jangarilari tomonidan Iroqning Kirkuk viloyati janubi-g‘arbiy qismida amalga oshirilgan hujum davomida terrorchilik guruhining 11 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda 25-may, juma kuni Iroq Qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakili, general Yahyo Rasulga tayanib Iraqi News xabar berdi, deb yozadi EADaily.

“Xavija ichki xavfsizlik kuchlari va ko‘ngillilar otryadlari Kirkuk viloyatining G‘arib va Xanaf posyolkalariga hujumlarni qaytardi. 11 nafar terrorchi, jumladan, besh nafar xudkush terrorchi yo‘q qilindi”, — deyiladi Iroq harbiy qo‘mondonligi xabarida.

Hukumat kuchlari ham yo‘qotishlarga uchragan: bir nafar politsiyachi va ko‘ngilli askar halok bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют