» » O‘zbekistonda bolalarni sog‘lomlashtirishga 65 milliard so‘m yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda bolalarni sog‘lomlashtirishga 65 milliard so‘m yo‘naltiriladi


2018-yilda O‘zbekistonda respublika miqyosida jami 1 ming 313 ta oromgoh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, bu borada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tegishli idoralar bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirildi, deb xabar qildi Sputnik.

“Joriy yilgi mavsum davomida respublika miqyosida jami 1 ming 313 ta oromgoh, shu jumladan, 206 ta statsionar turidagi, 978 ta kunduzgi, 129 ta ‘Mehnat va dam olish’ oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu joriy yilda faoliyat ko‘rsatuvchi oromgohlar soni 23 taga ko‘payganidan dalolat beradi. Ushbu oromgohlarda jami 301 ming 589 nafar bola sog‘lomlashtiriladi. Ularning 153 ming nafardan ortig‘i statsionar, 148 mingdan ziyodi  kunduzgi oromgohlarga jalb etiladi”, — dedi Federatsiya vakili Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Ushbu maqsadlar uchun jami 65 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Suhbatdoshning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasida Respublika shtabi, hududiy kasaba uyushma tashkilotlari birlashmalarida hududiy shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Alohida ta’kidlash zarurki, Respublika Muvofiqlashtiruvchi guruhi tomonidan oromgohlarda bolalar xavfsizligini ta’minlash, oromgohlarga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uzluksiz ravishda yetkazib berish, malakali kadrlarni jalb etish va oromgohlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi”, — dedi suhbatdosh.

Ta’kidlanishicha, mavsumga tayyorgarlik jarayonida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan yoz mavsumi davomida respublika oromgohlarida bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish ishlari sifatini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 26-may kuni bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida maxsus o‘quv-uslubiy seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur seminarlarda asosiy e’tibor bolalar oromgohlarida faoliyat yurituvchi xodimlar va mutaxassislarning bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish masalasiga qaratiladi. Ularga sohaga oid yangiliklar yetkaziladi. Shuningdek, mutaxassislar tegishli vazirliklar tomonidan yangilangan tarqatma materiallar, ya’ni, uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha maxsus ssenariylar, bolalar uchun filmlar to‘plamlari bilan ta’minlanadi.

Bolalarning ovqatlanish ratsionini boyitish, ularning salomatligini mustahkamlash borasida ham joriy yilda bir qator yangiliklar joriy qilingan. Xususan, taomnomalarda darmondorilarga boy taomlar, damlama va salatlar turlarini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

“Oromgohlarda bolalar salomatligini mustahkamlash masalasiga e’tibor kuchaytirilib, ularning salomatligi doimiy ravishda malakali shifokor va hamshiralar nazoratida bo‘ladi. Shu maqsadda sog‘lomlashtirish maskanlaridagi tibbiyot xonalari barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar, dori-darmonlar, maxsus zardob dori vositalari bilan ta’minlanmoqda”, — deydi suhbatdosh.

Joriy yilgi mavsumda ijtimoiy himoyatalab oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston hukumatining alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi ostida Orolbo‘yi mintaqasidan 4 ming nafar bola Toshkent shahri, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi korxona va tashkilotlarga qarashli so‘lim va bahavo oromgohlarda bepul dam oldiriladi. Orolbo‘yi hududidagi ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan 500 nafar bolajonlar esa “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi tomonidan bepul hordiq bilan qamrab olinadi.

Kasaba uyushmalari tomonidan ijtimoiy himoyatalab oilalardan bo‘lgan 40 ming nafar bolajon jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali bepul va imtiyozli sog‘lomlashtiriladi. Shuningdek, Mehribonlik uylarining 1950 nafar tarbiyalanuvchisi hamda jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar bepul yo‘llanma bilan ta’minlanadi.

2,5 ming nafar ona-bolalar kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda salomatligini mustahkamlaydi. Bepul yo‘llanmalar asosida dam olish imkoniyatidan mahallalarda yashayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlari va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar ham foydalanadilar. Xususan, kasaba uyushmalari hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida respublika hududlaridagi mahallalardan 700 nafar o‘g‘il-qiz bepul dam oldiriladi.

Bundan tashqari Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlaridagi ehtiyojmand oilalarning 500 nafar farzandi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining, Jizzax viloyatidagi kam ta’minlangan oilalarning 100 nafar farzandlari “Jizzax akkumulyator zavodi” AJning homiylik mablag‘lari  hisobidan bepul sog‘lomlashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...