» » O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi

O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi


O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi. Bu haqda “Zarafshon” nashriga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid Rahimov nashrga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan endilikda tomorqasidan samarali foydalangan fuqarolar pensiya yoshiga yetgach, muammoga duch kelmasligini aytgan.

“Chunki mazkur qaror ijrosiga ko‘ra, 2018-yil 1-iyuldan boshlab dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘lasa, ularning kelajakda pensiya ta’minoti mavjudligi ta’minlanadi”, — deb ta’kidlagan Rahimov.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, 2018-yil 1-iyuldan boshlab fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют