» » O‘zbekiston MDH va boshqa mamlakatlar moliyaviy razvedkalari bilan hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston MDH va boshqa mamlakatlar moliyaviy razvedkalari bilan hamkorlikni kuchaytiradi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon imzoladi. Unga muvofiq, respublika hukumati MDH va boshqa mamlakatlarning moliyaviy va soliq razvedkalari bilan hamkorlikni kuchaytiradi, deb yozadi Sputnik.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlaydi.

“O‘zbekiston Respublikasining MDHga a’zo davlatlar soliq (moliya) tekshiruvlari organlari rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashiga qo‘shilishi masalasini ishlab chiqish zarur”, — deyiladi “yo‘l xaritasi”da. Vakolatli vazirlik va idoralarga ushbu masala bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni 1-iyulgacha ishlab chiqish yuklatiladi.

Prezident Jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha Yevrosiyo guruhi ekspertlari tomonidan O‘zbekistondagi shunday faoliyatga qarshi kurashish milliy tizimining baholanishini tashkil qilish choralarini qabul qilishni buyurdi.

Bundan tashqari, chora-tadbirlar dasturi O‘zbekistonning “Egmont” guruhidagi ishtiroki doirasida o‘z majburiyatlarini bajarishini, shuningdek, Afg‘oniston, Janubiy Koreya, Tojikiston, Indoneziya kabi qator mamlakatlarning vakolatli organlari bilan bitimlar tuzish va axborot almashinuvini kengaytirishni ko‘zda tutadi.

“Egmont” guruhi — moliyaviy razvedka bo‘linmalari xalqaro tashkiloti bo‘lib, dunyoning 130 dan ortiq moliyaviy razvedkalarini birlashtiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют