» » YouTube jonli mobil translyatsiyalar funksiyasini ishga tushiradi

YouTube jonli mobil translyatsiyalar funksiyasini ishga tushiradi


YouTube videoxizmati yangi funksiya — jonli mobil translyatsiyalar ishga tushirilishini e’lon qildi. Undan obunachilari soni 10 mingdan ziyod bo‘lgan barcha kontent mualliflari foydalanishi mumkin, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Mobil qurilmalardan translyatsiya qilish imkoni videoxostingning mobil dasturida ishlaydi. Translyatsiyani boshlash uchun uchun yozuv tugmasini bosish kifoya.

Yaqin orada mazkur funksiyadan obunachilari soni kamroq bo‘lgan videoblogerlar ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, YouTube vakillari pulli xabarlar yetkaziladigan Superchat (Super Chat) yanada keng ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishini ma’lum qildi.

Superchat yordamida blogerlar kontentlari ko‘rilgani uchun pul olishi mumkin. Kontent mualliflari uchun Superchat hozircha 20, tomoshabinlar uchun esa 40 mamlakatda ishlaydi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют