» » Iroq kommunistik partiyasining Bag‘doddagi shtab-kvartirasida portlash sodir bo‘ldi

Iroq kommunistik partiyasining Bag‘doddagi shtab-kvartirasida portlash sodir bo‘ldi


Bag‘dod markazi joylashgan Iroq kommunistik partiyasining shtab-kvartirasida parlament saylovlaridan so‘ng portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Ta’kidlanishicha, kommunistik partiya Iroqdagi parlament saylovlarida g‘olib chiqqan “Sairun” bloki tarkibida ishtirok etgan.

“Noma’lum shaxslar tomonidan tashlab ketilgan portlovchi qurilma Bag‘dod markazidagi Al-Andalus maydonida joylashgan kommunistik partiya shtab-kvartirasiga qarashli bog‘da portlagan”, — deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida uch kishi jarohat olgan.

Avvalroq, Bag‘dod shahridagi bog‘da yuz bergan terakt oqibatida yetti kishi halok bo‘lgani va yana 16 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют