» » Sel Samarqandning Jom qishlog‘iga 7 milliard so‘mlik zarar keltirdi

Sel Samarqandning Jom qishlog‘iga 7 milliard so‘mlik zarar keltirdi


Joriy yilning 16-mayga o‘tar kechasi Samarqand viloyatiga yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘ida sel kelishi kuzatilgan edi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Jom qishlog‘ida seldan zarar ko‘rgan bino va inshootlarni qurilish va ta’mirlash ishlariga 7 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Bugungi kunda talofat ko‘rgan xonadon va boshqa infratuzilma obyektlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal yo‘lga qo‘yilgan. Talab etiladigan mablag‘lar mahalliy budjet va boshqa manbalar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu qishloqlarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish, ijtimoiy va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini joriy yilning 1-avgustiga qadar foydalanishga topshirilishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15-maydan 16-mayga o‘tar kechasi kuchli sel kelishi oqibatida 71 ta, shundan 49 ta Girdiqo‘rg‘on, 10 ta Jom, 7 ta Tegirmonboshi va 5 ta Omondara mahallalaridagi aholi xonadonlari va tomorqalariga zarar yetgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют