» » Toshkentda yanvar oyida kvartiralar narxi oshdi

Toshkentda yanvar oyida kvartiralar narxi oshdi


Toshkent shahrining ikkilamchi kvartira bozorida yanvar oyida narxlar o‘rtacha 2 foizga oshib, kvadrat metr uchun o‘rtacha 561 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

G‘ishtli uylardagi kvartiralar narxi yangi yilning birinchi oyi yakuniga ko‘ra 2 foizga (kvadrat metri uchun — 599 shartli birlik), panel uylarda esa 1 foizga (533) ko‘tarildi.

Xonalar sonidan kelib chiqqan holda kvadrat metrning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘ldi: bir xonali — 545 (+2 foiz), ikki xonali 542 (+1 foiz), uch xonali 578 (+1 foiz) va to‘rt xonali 571 (o‘zgarishsiz) shartli birlik.

Yanvar oyida poytaxtning 11 tumanidan ikkitasida taklifning o‘rtacha narxi kamaygani, 4 tumanida ko‘tarilgani, yana 4 tumanda esa dekabr oyi darajasida qolgani kuzatildi.

Ma’lumot uchun, 2016-yil davomida Toshkentning ikkilamchi kvartira bozorida narxlar qariyb uzluksiz ravishda faqat pastlagan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют