» » Janubiy Amerikada jahondagi eng qisqa xalqaro aviareys yo‘lga qo‘yildi

Janubiy Amerikada jahondagi eng qisqa xalqaro aviareys yo‘lga qo‘yildi


Aruba Airlines aviakompaniyasi jahondagi eng qisqa xalqaro aviareysni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Eng qisqa reys bo‘yicha parvozlar Gollandiyaning dengizorti hududi hisoblangan Aruba orolidan Venesuelaning Punto Fijo shahriga amalga oshiriladi — parvoz atigi sakkiz daqiqa davom etadi.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab reyslarni hozircha haftasiga ikki marta amalga oshirish rejalashtirilgan. Chipta narxi 200 dollardan boshlanadi.

Bungacha Germaniyadan Shveysariyaga parvoz qiluvchi sakkiz daqiqalik qatnov jahonda eng qisqa reys hisoblanardi, biroq keyinchalik bu reys talabgir bo‘lmagani bois bekor qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют