» » O‘zbekistonda 1-iyuldan eski namunadagi pasportlar “bir parcha qog‘oz”ga aylanadi. Toshkentda hozirgacha 1,8 mlnga yaqin fuqaro yangi biometrik pasport olgan

O‘zbekistonda 1-iyuldan eski namunadagi pasportlar “bir parcha qog‘oz”ga aylanadi. Toshkentda hozirgacha 1,8 mlnga yaqin fuqaro yangi biometrik pasport olgan


2018-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston fuqarosining biometrik bo‘lmagan (eski namunadagi) pasportlari amal qilishni to‘xtatadi. Belgilangan muddatda pasportini almashtirishga ulgurmagan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar IIBB fuqarolardan pasportlarni vaqtida almashtirishni so‘radi. O‘z navbatida, aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari 26-maydan e’tiboran soat 08:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaganini e’lon qildi (istisno — payshanba (profilaktika kuni), yakshanba va bayram kunlari).

Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazidan ma’lum qilishlaricha, 26-may holatiga ko‘ra poytaxtda 1,78 milliondan ziyod fuqaro biometrik pasport olgan.

Jumladan, 25-may kuni Xalqlar do‘stligi maydonida 16 yoshga to‘lgan bir guruh o‘g‘il-qizlarga fuqarolik pasportlari tantana ravishda topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют