» » Oq uy jamoasi KXDR bilan sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun Singapurga uchadi

Oq uy jamoasi KXDR bilan sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun Singapurga uchadi


Oq uy jamoasi AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuv maydonchasini hozirlash uchun Singapurga yo‘l oladi. Bu haqda, Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

“Avvaldan rejalashtirilganidek, Oq uy jamoasi Singapurga uchib ketadi”, — dedi Sanders xonim.

Avvalroq Vashington va Pxenyan ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvini 12-iyun kuni Singapurda o‘tkazishga kelishib olgani ma’lum bo‘lgandi. Biroq 24-may kuni Tramp Kim Chen In bilan uchrashmasligini e’lon qildi. “Siz bilan uchrashishni juda istagandim. Afsuski, biroq ochiq dushmanlik kayfiyati sezilib turgan so‘nggi bayonotlaringizdan so‘ng, ushbu sammitni o‘tkazishni o‘rinsiz deb hisoblayman. Singapurdagi uchrashuv bo‘lmaydi”, — deb yozgandi AQSh prezidenti KXDR yetakchisiga.

KXDR tomoni Trampning bu qarorini kutilmagan deb atab, mamlakat rahbariyati tinchlikka erishish yo‘lida ishlash niyatini hali yo‘qotmaganini ma’lum qildi. Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kim Ge Gvanning so‘zlariga ko‘ra, KXDR tomoni AQSh bilan istalgan vaqtda muzokaralar olib borishga tayyor.

Shundan so‘ng AQSh prezidenti KXDRning tinchlikka yo‘g‘rilgan yo‘llanmasini yuqori baholaganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют