» » Shri-Lankada kuchli yog‘ingarchilik oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 ga yaqinlashdi

Shri-Lankada kuchli yog‘ingarchilik oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 ga yaqinlashdi


Shri-Lankadagi kuchli yog‘ingarchiliklar va bo‘ron oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 nafargacha ko‘paydi, 128 mingdan ziyod aholi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Shri-Lanka Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish markazi vakili Pradip Kodipillining so‘zlariga ko‘ra, 55 mingdan ziyod kishi o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, noqulay ob-havo sabab 4 mingdan ziyod uyga ziyon yetgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Shri-Lankada musson yomg‘irlari mavsumi davom etmoqda. Mamlakat meteorologiya xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik miqdori 150 millimetrdan ham oshib ketishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют