» » Beyl fantastik gol urgan o‘yinda “Real Madrid” “Liverpul”ni mag‘lub etib, ketma-ket 3-bor Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi (video)

Beyl fantastik gol urgan o‘yinda “Real Madrid” “Liverpul”ni mag‘lub etib, ketma-ket 3-bor Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi (video)


Hozirgina Yevropa Chempionlar Ligasining 2017/18-yilgi mavsumi final bahsi yakuniga yetdi.

“Real Madrid” — “Liverpul” o‘rtasidagi final uchrashuviga Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadioni mezbonlik qil?di. O‘yin jarohatlar bilan boshlandi. Avvaliga “Liverpul” a’zosi Muhammad Saloh yelkasidan jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi. Uning o‘rniga 31-daqiqada Adam Lallana maydonga tushirildi.

Oradan 6 daqiqa o‘tib, “Real” himoyachisi Dan Karvaxal ham jarohat oldi. Uning o‘ringa Nacho Fernandes zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Karvaxal ham ko‘zda yosh bilan maydondan chiqib ketdi. Birinchi bo‘lim golsiz yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Loris Kariusning xatosidan Karim Benzema unumli foydalanib “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 4-daqiqa o‘tib, Sadio Mane hisobni tenglashtirishga erishdi. Ammo 61-daqiqada Iskoning o‘rniga maydonga tushirilgan Garet Beyl 3-daqiqa o‘tib, Marseloning qanotdan bergan uzatmasini fantastik zarba bilan golga aylantirdi.

83-daqiqa kelib esa katta sahnaga yana Beyl va Karius chiqdi. Kariusning navbatdagi xatosi tufayli Beylning jarim maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi golga aylandi. Shu tariqa o‘yin Madrid klubining 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Real” esa ketma-ket 3-bor Zinedin Zidan boshchligida Yevropa Chempionlar Ligasi sovriniga ega chiqdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

Final uchrashuvi

26-may, shanba

Gollar: 1:0 – 51 Benzema, 1:1 – 55 Mane, 2:1 – 64 Beyl, 3:1 – 83 Beyl.

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 37), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Beyl, 61), Kroos, Ronaldu, Benzema (Asensio, 89).

“Liverpul”: Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Veynaldum, Saloh (Lallana, 30), Milner (Jan, 83), Mane, Xenderson.

Ogohlantirish: Mane (82).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют