» » O‘zbekistonliklar diplomatik pasport bilan Kuvaytga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonliklar diplomatik pasport bilan Kuvaytga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi


Rasmiy tashrif bilan Kuvaytda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 8-fevral kuni Kuvayt bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Saboh al-Xolid al-Hamad as-Saboh bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi doirasidagi muzokaralarda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibdagi bir qator masalalari yuzasidan batafsil fikr almashilgan.

“Abdulaziz Komilov Kuvayt TIV rahbarini o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi”, — deyiladi TIV axborotida.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim, diplomatik pasport egalarining o‘zaro vizasiz safarlari to‘g‘risida Bitim hamda O‘zbekiston hukumati va Kuvaytning arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (KAITF) o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

“Mazkur Memorandum umumiy qiymati 60 million dollar bo‘lgan ijtimoiy loyihalarni kelgusi yillarda moliyalashtirishda KAITFning ishtiroki ko‘zda tutadi”, — deyiladi TIV axborotida.

Abdulaziz Komilov shu kuni Kuvayt parlamenti raisi Marzuq Ali Muhammad al-G‘anim va Kuvayt bosh vaziri shayx Jobir al-Muborak al-Hamad as-Saboh bilan ham muzokaralar o‘tkazgan.

Mavzuga doir: Kuvayt bosh vaziri O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют