» » Samarqandlik “Ahmadboy”ning nayranglari fosh bo‘ldi

Samarqandlik “Ahmadboy”ning nayranglari fosh bo‘ldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘zganing mulkini noqonuniy tarzda firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan samarqandlik “Ahmadboy”ning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Bezumno.ru”

Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Ramesh Murtazayev 2014-yilning fevral oyida Kamol Egamqulovga tegishli bo‘lgan Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan “Yangi asr” gaz quyish shoxobchasini sotib olish uchun 60 ming AQSh dollari berishini aytib, 42 000 AQSh dollari berib ushbu shoxobchani o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Qolgan 18 ming AQSh dollar pullarini esa o‘z ehtiyojlariga uchun sarflab yuborgan.

Ramesh Murtazayev o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2016-yilning oktabr oyida tanishi Fayoz Jo‘rayevdan Spark rusumli transport vositasi uchun 6 000 AQSh dollari pul berishini aytib, avtomashinani firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni boshqa odamga sotib yuborgan.

2016-yilning noyabr oyi oxirlarida tanishi Farruh Xurramovning ishonchiga kirish uchun 2016-yil oktabr oyida boshqa birovga sotib yuborgan “Volvo” rusumli ekskavatorini o‘ziga tegishli ekanligini bildirib, ekskavatorni 200 000 000 so‘m evaziga uni nomiga rasmiylashtirib berishligini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 7500 AQSh dollari pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Va’da qilingan “Volvo” rusumli ekskavatorini uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Ramesh Murtazayev o‘zining navbatdagi “tuzog‘i”ni 2016-yil dekabr oyida Samarqand shahrida yashovchi tanishi Armen Arustamovga qo‘yadi. U Armen Arustamovning Nexia-2 rusumli avtomashinasi uchun 6 500 AQSh dollari pul berishini aytib, avtomashinani firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni boshqa odamga sotib yuboradi.

O‘zgalar mulkini osonlik bilan qo‘lga kiritib, firibgarlik yo‘li bilan mo‘may pul topayotgan Ramesh Murtazayev 2017-yilning yanvar oyida tanishi Kamol Egamqulovning ta’sischiligida ochilgan “Bog‘don Gaz Servis” MChJning direktori sifatida ish boshlaydi. O‘z mansabidan foydalanib “Bog‘don Gaz Servis” MChJ faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Ipoteka bank”ning Ko‘ksaroy filialidan korxonani qayta ta’mirlash va rivojlantirish maqsadida Ipoteka krediti tariqasida tashkilot hisob raqamiga 450 000 000 so‘m pulni o‘tkazdiradi. Biroq, Ramesh Murtazayev MChJni ta’mirlash va rivojlantirishga yo‘naltirgan kredit mablag‘larining 100 000 000 so‘mini “Sala-Bala” KTIChF’ning hisob raqamiga qurilish mollari olish uchun o‘tkazib, 350 000 000 so‘mini Evellina Stroy Sevis MChJning hisob raqamiga bajarilgan ishlar uchun o‘tkazib, shundan 144 000 000 so‘mni Kamol Egamqulovning nomiga “Ipoteka bank” Ko‘ksaroy filialidan ochilgan plastik kartaga o‘tkazib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Bu ham yetmaganidek, 2017-yilning yanvar oyida “Bog‘don Gaz Servis” MChJning hisobida bo‘lgan umumiy qiymati 14 700 000 so‘mga teng bo‘lgan ikki dona gaz saqlash sig‘imining gaz quvurlari, gazni to‘kish kompressori va gaz o‘lchov kolonkasini dastlabki tergov davomida aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslarga sotib yuborgan.

O‘z zining “ustasi”ga aylanib qolgan Ramesh Murtazayev 2017-yilning mart oyida Samarqand shahrida yashovchi tanishi Sirojiddin Tursunovdan Lasetti (Gentra-2) rusumli avtomashinasi uchun 14 500 AQSh dollari pul berishini aytib, avtomashinani firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni ham boshqa odamga sotib yuboradi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, tanishi Abror Jabborovdan tez kunda qaytarib berishini vada qilib 22 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

2017-yilning aprel oyida esa tanishi Ilhom Ismoilovdan vaqtincha foydalanib turishi uchun bir dona bahosi 180 000 000 so‘mlik Samsung rusumli kovshli ekskavatorni ham firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni ham boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

“O‘ziga xon, ko‘lankasi maydon” bo‘lgan Ramesh Murtazayev 2017-yilning may oyida tanishi Ahror Karimovga gaz shoxobchasi uchun yoqilg‘i olib kelib berishini aytib, 134 000 000 so‘m, Oqdaryo tumani hokimiyatida ishlovchi tanishlarining yordami bilan Oqdaryo tumani hududidan 40 sotix yer olib berishini aytib, 2000 AQSh dollari pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu mablag‘larni ham o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Bu ham yetmaganidek, 2017 -ilning 5-may kuni Ahror Karimovning ATB “Xalq banki” Bog‘ishamol filialiga 50 000 000 so‘m miqdorida omonat puli qo‘yganligini bilgan holda, ushbu pul mablag‘ini qo‘lga kiritish maqsadida Ahror Karimovning nomidan ushbu pul mablag‘ini o‘zi rahbarlik qilgan “Yangi Asr-1” xususiy korxonasining hisob raqamiga o‘tkazish so‘ralgan arizani soxtalashtirib, ATB “Xalq banki” Bog‘ishamol filiali buxgalter-nazoratchi D.Obidovaga taqdim qilgan holda Ahror Karimovning hisobida bo‘lgan 50 000 000 so‘m miqdordagi omonat pullarini “Yangi asr-1” XK hisob raqamiga o‘tkazib yuboradi. Qo‘lga kiritilgan pullarni esa o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Sud jarayonida 2017-yilnig may oyida Ramesh Murtazayev tanishi Ilhom Badalovga onasi shifoxonada ekanligini, onasini davolatish uchun va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi tashkil qilish uchun pul kerakligini aytib, 160 000 000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

O‘zgalarni chuv tushirishni kasbga aylantirib olgan Ramesh Murtazayev 2017-yilnig may oyida tanishi Sayfullo Mahmudovdan tez kunda qaytarib berish sharti bilan 4 700 AQSh dollari pullarini qo‘lga kiritadi. 2017-yilning may oyida Oqdaryo tumani Qum kishlog‘ida yashovchi tanishi Bahriddin Abdullayevdan esa tez kunda qaytarib berish sharti bilan 13 000 AQSh dollari pullarini olib bu pullarni ham o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

“Sutdan og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi”, degan naql bor. Ramesh Murtazayevning firibgarligidan bir bora kuygan Kamol Egamqulovdan ikkinchi bor uning aldoviga ishonadi. 2017-yilning iyun oyida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Kamol Egamqulovdan G‘allaorol tumanida joylashgan “Yangi asr” gaz quyish shoxobchasini ishga tushirish uchun 180 000 000 so‘m pullarini tez kunda qaytarish sharti bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga uchun sarflabyuboradi.

Bundan tashqari, Ramesh Murtazayev 2017-yilning iyul oyida tanishi Suxrob Saidovning ta’sischiligida ochilgan “Minbar Samarqand” MChJda direktor lavozimida ishlab kelishi davomida MChJ faoliyatini rivojlantirish maqsadida suyultirilgan gaz olish uchun “Agro bank”ning Jomboy tumani filialidan “Minbar Samarqand” MChJning hisob raqamiga 300 000 000 so‘m pullarni ipoteka krediti tariqasida olib, ushbu kredit mablag‘larini MChJ faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirmasdan, o‘z manfaatlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Boz ustiga R. Murtazayev 2017-yilning iyul oyida “Minbar Samarqand” MChJ hisobida bo‘lgan ikki dona bahosi 117 384 580 so‘mlik Lasetti rusumli transport vositalari va bir dona bahosi 97 183 000 so‘mlik Cobalt rusumli avtomashinalarni boshqa odamlarga sotib, pullarini o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudidda sudya G‘.Negmatov raislida o‘tkazilgan sudda jarayonida tomonlarning fikrlari to‘liq o‘rganilibi, ushbu jinoiy ish yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Sud hukmiga ko‘ra Ramesh Murtazayev O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ramesh Murtazayevdan davlat foydasiga 16 376 660 so‘m, jabrlanuvchi Kamol Egamqulov foydasiga jami 327 389 940 so‘m, jabrlanuvchi Jo‘rayev Fayoz foydasiga 45 035 815 so‘m, “Bog‘dod Gaz Servis” MChJ hisobiga jami 464 700 000 so‘m, jabrlanuvchi Abror Jaboarov foydasiga 180 143 260 so‘m, jabrlanuvchi Sirojiddin Tursunov foydasiga 118 730 785 so‘m, jabrlanuvchi Ilhom Ismoilov foydasiga 180 000 000 so‘m, jabrlanuvchi Ilhom Badalov foydasiga 160 000 000 so‘m, jabrlanuvchi Sayfullo Mahmudov foydasiga 38 485 151 so‘m, jabrlanuvchi Bahriddin Abdullayev foydasiga 106 448 290 so‘m, “Minbar Samarqand” MChJ foydasiga 307 000 000 so‘mlik moddiy zarar undirilish to‘g‘risida hukm chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют