» » Jarohat sabab Yevro-2016 musobaqasidan chetda qolgan Dani Karvaxal endi Jahon Chempionatini ham o‘tkazib yuboradi

Jarohat sabab Yevro-2016 musobaqasidan chetda qolgan Dani Karvaxal endi Jahon Chempionatini ham o‘tkazib yuboradi


“Real”ning ispaniyalik himoyachisi Daniel Karvaxal Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul”ga qarshi uchrashuvning 37-daqiqasida jarohat olib, o‘z o‘rnini Nachoga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, Karvaxalga tashxis qo‘yilgan bo‘lib, futbolchining beli o‘ng qismida mushaklar jarohatlangan. Bunday jarohat tufayli, futbolchisi katta ehtimol bilan Rossiyadagi Jahon Chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Ma’lumot uchun ikki yil avval Dani Karvaxal YChL finalida “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha 5:3) ham jarohat olib, Fransiyadagi Yevro-2016 musobaqasini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют