» » Somalining sobiq bosh vaziri mamlakat prezidenti etib saylandi

Somalining sobiq bosh vaziri mamlakat prezidenti etib saylandi


Somali hukumatining sobiq rahbari Muhammad Abdullohi Muhammad mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, prezident mamlakat parlamenti a’zolari oldida qasamyod qabul qilib bo‘lgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Abdullohi Muhammad ikki mamlakat fuqaroligiga ega — AQShda tahsil olganidan so‘ng, u AQSh fuqaroligini ham olgan.

Somali prezidentligi uchun 20 dan ortiq siyosatchi o‘z nomzodini qo‘ygan edi. Saylovning yakuniy, uchinchi bosqichiga esa Abdullohi Muhammad va mamlakatning amaldagi prezidenti — Hasan Shayx Mahmud chiqdi.

Biroq yakunda Hasan Shayx Mahmud prezidentlik kursisi uchun kurashdan voz kechdi va shu tariqa Muhammad Abdullohi Muhammad Somalining yangi davlat rahbariga aylandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют