» » Rossiya Iordaniya hududida kam quvvatli reaktor quradi

Rossiya Iordaniya hududida kam quvvatli reaktor quradi


Iordaniya “Rosatom” ishtirokida 10 milliard dollarlik, 2 ming MVt (megavatt) quvvatga ega atom elektr stansiyasini (AES) qurish loyihasini narxining qimmatligi uchun bekor qilib, evaziga kam quvvatli reaktor qurishga qaror qildi. Bu haqda The Jordan Times gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

26-may, shanba kuni Iordaniyaning atom energiyasi bo‘yicha komissiyasi “Rosatom” tarkibidagi Rusatom Overseas kompaniyasi bilan mamlakatda kam quvvatli reaktor qurish masalasini o‘rganib chiqish haqida kelishuv imzoladi. 2017-yilning dekabrida “Rosatom” va Iordaniya kam quvvatli reaktorlar ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum qabul qilgan. Tomonlar Irodaniya hududida Rossiya dizaynidagi kam quvvatli reaktor qurishning texnik-moliyaviy taraflarini o‘rganib chiqishga kelishgan.

“Biz “Rosatom” bilan ko‘p yillar davomida hamkorlik qilib kelamiz. Biz bu hamkorlikni boshqa sohalarda ham davom ettirmoqchimiz. Bugun kam quvvatli reaktorga ega AES qurilishi biz uchun muhimroq, shuning uchun biz aynan shunday yechimni tanladik”, – Iordaniyaning atom energiyasi bo‘yicha komissiyasi raisi Xaled Tukan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют