» » O‘zbekiston mo‘jizasi: 500 metr chuqurlikda qaynayotgan buloq

O‘zbekiston mo‘jizasi: 500 metr chuqurlikda qaynayotgan buloq


“Qaynar buloq” ziyoratgohi O‘zbekistonning ko‘rkam maskanlardan biri. Bu yerlar qadimdan suvga serob bo‘lib, zamin bag‘rini yorib chiqqan oltita buloq o‘zidan nafis jilo taratib, kishilarni hayratga solib kelgan, deb yozmoqda O‘zA.

Yer ostidagi ma’lum bir chuqurlikdan qaynab, toshib chiqadigan buloqning soflik darajasi, shifobaxsh xususiyatlari ta’rifini eshitib, hattoki, o‘zga yurtlardan kelgan bemorlar ham o‘z dardlariga shifo topmoqdalar, deyiladi agentlik xabarida.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, Qaynarbuloqning orombaxsh suvi nafaqat inson kayfiyatini ko‘taradi, balki uning salomatligi uchun ham yaxshi ta’sir ko‘rsatib, ichak yo‘llarining shamollashi, oshqozon yarasi, jigar, buyrak, yurak qon tomirlari hamda toshma kasalliklarini davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Ba’zida Qaynar buloqning suvi 500 metr chuqurlikdan qaynab otilgandagi shiddatli ovozi uzoq-uzoqlarga eshitilib, kishilarni hayratga solardi”, – deydi mahalliy aholi vakillari. – “Bundan hech kim cho‘chimaydi, balki ana shunday ilohiy mo‘jiza bizning atrofimizda yuz berayotganidan faxrlanamiz. Axir, kichik bir buloq shaklida ko‘z ochib, jilosidan ko‘z qamashadigan bu buloq suvining tiniq va shaffofligi har insonga zavq beradi. Kayfiyatini ko‘taradi”.

Buloq haqidagi afsonagako‘ra, bir vaqtlar buloq atrofidan shahar markaziga eltuvchi yo‘l o‘tgan. Shoshgan yo‘lovchilar tezroq manzilga yetish uchun buloq yaqinidagi tor yo‘lakchadan sakrab o‘tgan. Bir kuni shaharga yo‘l olgan shoshqoloq yo‘lovchilardan biri buloq yaqiniga kelib, endi o‘tmoqchi bo‘lganda yonida otliq bir mo‘ysafid paydo bo‘lganini ko‘rib qoladi.

Mo‘ysafid buloq atrofini uch bor aylanib yana ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Shundan buyon bu yerlik odamlar shahar markaziga borish uchun buloqqa yaqin yo‘ldan o‘tishga cho‘chib qolishgan. Uzoq bo‘lsada boshqa yo‘ldan xotirjam manzilga yetib olishga harakat qilishadi. O‘sha davrdan buyon ko‘pchilik ot ustida paydo bo‘lgan mo‘ysafidni “Qaynar buva”ning ruhi deb, bu joyni muqaddas ziyoratgoh sifatida qadrlab kelmoqda.

Bugungi kunda bu joylar obodonlashtirilib, Qaynar buva mozori muqaddas ziyoratgohga aylantirildi. Ana shu jarayonda uning yonidagi oltita buloq atrofi yanada kengaytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют