» » “Yandeks.Taksi” vakili O‘zbekistonda noqonuniy haydovchilar aniqlanganiga izoh berdi

“Yandeks.Taksi” vakili O‘zbekistonda noqonuniy haydovchilar aniqlanganiga izoh berdi


O‘zbekistonda tegishli litsenziya olmasdan turib “Yandeks.Taksi” foydalanuvchilarini tashish bilan shug‘ullangan 26 nafar haydovchi aniqlangani yuzasidan tashkilotning xalqaro strategiya bo‘yicha direktori Aram Sargsyan o‘z fikrini ma’lum qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

“Yandeks.Taksi” – bu mahalliy foydalanuvchilarni mahalliy taksi parklari bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan mobil dastur. Biz yo‘lovchi tashuvchi tashkilot emasmiz, bizda mashina va haydovchilar yo‘q. Biz faqat mahalliy yuridik shaxslar – taksi parklari va dispetcherlar bilan ishlaymiz. Shuning uchun, litsenziya berish, haydovchilarni tekshirish va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha mas’uliyat yo‘lovchi tashiydigan tashkilotlarning zimmasidadir.

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 26 ta haydovchi haqidagi xabarni biz na rad etishimiz, na tasdiqlashimiz mumkin, negaki biz bevosita haydovchilarning o‘zi bilan ishlamaymiz. Biroq shartnomada hamkorlarimiz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish majburiyatini bo‘yniga olgan. Agar biz biror qonunbuzarlik haqida xabar topsak, hamkordan vaziyatga oydinlik kiritishni so‘raymiz.

Qo‘shimcha sifatida aytamanki, biz O‘zbekistonning mahalliy va davlat organlari bilan doimiy aloqadamiz va mamlakatda taksi bozorini qonuniylashtirish masalalari ustida birgalikda ish olib boramiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tegishli litsenziya olmasdan turib “Yandeks.Taksi” foydalanuvchilarini tashish bilan shug‘ullangan 26 nafar haydovchini aniqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют