» » Foto, video: Xorazmda tuzli qum bo‘roni. U dehqonlarga katta zarar keltirishi mumkin

Foto, video: Xorazmda tuzli qum bo‘roni. U dehqonlarga katta zarar keltirishi mumkin


27-may kuni ertalabki soat 06:30–07:00 o‘rtasida Xorazm viloyatida tuzli qum bo‘roni kuzatildi. Bu haqda “Daryo”ning mobil muxbiri ma’lum qildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda foto va videomateriallar tarqalmoqda.

Tuz bo‘roni Urganch shahrida, shuningdek, Shovot va Qo‘shko‘pir tumanlarida kuzatilgan. U hozirgacha biroz sokin sur’atlarda davom etmoqda. Oldinlari ham bunday tabiiy hodisaga duch kelgan mahalliy aholi vakillarining aytishicha, kuchli shamol o‘zi bilan Orol dengizining qurib qolgan hududlaridan ko‘tarilgan tuzni olib kelgan. Ushbu mineral tarkibidagi natriy ekinlarga ziyon keltirish bilan birga ko‘chada nafas olishni ham qiyinlashtiradi.

“U yaproqqa o‘rnashib, fotosintez jarayonini buzadi, havo isiganidan so‘ng esa yaproqqa o‘rnashgan minerallar qizib, bargni kuydiradi. Natijada o‘simlik barglari qorayib, qovjirab qoladi”, — tushuntiradi dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan qo‘shko‘pirlik A.R.

“Yaproq quriganidan keyin o‘simlik o‘ladi yoki hosildorlik tushib ketadi. Kartoshka, pomidor, qovoq, bodring kabi sabzavotlar, anjir, ayrim olma navlari, behi kabi tukli yaproqli o‘simliklar ayniqsa katta zarar ko‘radi. Shuningdek, bo‘ron nafas yo‘llari va oshqozon-ichak tizimiga ziyon keltirishi mumkin”, — so‘zida davom etadi u.

Xorazmlik boshqa suhbatdoshlarimizning ta’kidlashicha, tezkor choralar ko‘rilmagan taqdirda bo‘ron viloyatdagi dehqonchilikka katta ziyon keltirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют