» » Ma’muriy sud vakillari Marg‘ilondagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini yo‘qladi

Ma’muriy sud vakillari Marg‘ilondagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini yo‘qladi


Marg‘ilon shahridagi 1-Mehribonlik uyida navbatdagi xayrli tadbir ma’muriy ishlar bo‘yicha Toshloq tuman sudi tomonidan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Sud xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida mehribonlik uyiga kelib, bolajonlarga kiyim-bosh, oziq-ovqat, oshxona jihozlari kabi 400 dan ortiq sovg‘a topshirdi. Bunday e’tibordan bolajonlarning kayfiyati ko‘tarildi.

— Bolalarga alohida mehr-e’tibor ko‘rsatish, ko‘ngli o‘ksiklarni qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos ezgu fazilatlar. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olish, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ota-ona, oila muhitidan uzoq murg‘ak qalblarga yanada yaqin bo‘lish, ularning qiziqishlarini o‘rganish va rag‘batlantirishni maqsad qildik, — deydi ma’muriy ishlar bo‘yicha Toshloq tuman sudi raisi A. Akramov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют