» » Urganchga uchgan samolyotlar kuchli chang bo‘roni sababli boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Urganchga uchgan samolyotlar kuchli chang bo‘roni sababli boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi


“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning “Toshkent – Urganch – Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyoti Urganch aeroporti o‘rniga Nukus shahridagi zaxira aerodromiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, Toshkent—Urganch—Moskva yo‘nalishida uchgan samolyot ham Buxorodagi zaxira aerodromiga qo‘ndi.

Mazkur holatlarga Urganch aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti — kuchli chang bo‘roni sabab bo‘ldi. Reyslarnining ushlanib qolish vaqti 4 soat va 30 daqiqani tashkil etdi. Shundan so‘ng samolyotlar o‘z yo‘nalishida parvozini davom ettirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 27-may kuni Xorazm viloyatida tuzli qum bo‘roni kuzatilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют